TGViewer
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal @bvmmtb · 25.6K subscribers
Post #71676 930
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jondor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchiga nisbatan xodim tomonidan noo‘rin xatti-harakat sodir etilgani yuzasidan e’lon qilingan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Tarbiyalanuvchining otasi tomonidan mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga murojaat qilingan. Murojaat asosida 2026-yil 24-sentabr kuni boshqarma mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan holat o‘rganilgan.

O‘rganish davomida 2026-yil 18-sentabr kuni maktabgacha ta’lim tashkilotining yordamchi tarbiyachisi tomonidan mashg‘ulot jarayonida tarbiyalanuvchining yuziga urilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining 2026-yil 25-sentabrdagi tegishli buyrug‘i bilan yordamchi tarbiyachiga lavozim vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Jondor tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 52-moddasi ikkinchi qismiga asosan, yordamchi tarbiyachiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, ya’ni 880 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
More from @bvmmtb
  1. Oct 16, 2026Turkiya | Anqara, Istanbul | oktabr, 2026 — Турция | Анкара, Стамбул | октябрь, 2026
  2. Oct 16, 2026Prezidentimiz yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan muloqot qildi. — Президен…
  3. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni jadallashtirish…
  4. Oct 16, 2026🤖 Kod yozishdan robot yaratishgacha — endi maktabdagi klublarda! ➖ Davlat bog‘chalari va…
  5. Oct 16, 2026#Xushxabar 🔄BUXOROLIK O‘QUVCHILAR XALQARO FIZIKA OLIMPIADASIDA BRONZA MEDALLARINI QO‘LGA…
  6. Oct 16, 2026#Xalqaro_olimpiada #Taqdirlash_tadbiri 🇺🇿 O’zbekiston terma jamoasi —Xalqaro fizika olim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →