TGViewer
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal @bvmmtb · 25.6K subscribers
Post #71663 1.02K
#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.
  • 👍 1
More from @bvmmtb
  1. Oct 16, 2026#Xalqaro_olimpiada #Taqdirlash_tadbiri 🇺🇿 O’zbekiston terma jamoasi —Xalqaro fizika olim…
  2. Oct 16, 2026#Maktab_va_Kelajak_markazi 🟢SPORT TA’LIMI SIFATINI OSHIRISH — HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMASH…
  3. Oct 16, 2026#Asosiy_olimpiada 📢ASOSIY OLIMPIADA: TARIX FANIDAN NATIJALAR VA HAKAMLAR HAY’ATI QARORLAR…
  4. Oct 16, 2026#Kasbga_yo‘naltirish 🟢KASBGA YO‘NALTIRISH: O‘RGANISH, TAHLIL VA AMALIY TAVSIYALAR 🔆Makta…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →