Nega bugungi tabriklarni siz bilan bo'lishdim?
Siz bundanda yaxshiroq bo'la olishingizni ko'rsatmoqchiman. Siz ham sevimli bo'la olasiz. Har qanday kasbda. Qaysi lavozimda ishlasangiz ham.
Buning uchun:
🔘Doim to'g'ri bo'ling;
🔘Vijdoningizga shogird, nafsingizga ustoz bo'ling;
🔘Oliyjanob bo'ling;
🔘Qilayotgan ishingizga o'zingizni bag'ishlang;
🔘Hech kimdan foydalanmang, insonlarga yoki ishingizga ko'prikka qaragandek qaramang;
🔘Doim ustingizda ishlang;
🔘Halol bo'ling;
🔘Ota-onangizni, ustozlaringizni duosini oling, doim;
🔘Insonlarni rozi qiling;
🔘Doim barchaga o'rnak bo'ling;
🔘Bilmasangiz o'rganing;
🔘Shukr qiling;
Doim bayram kunlari shunday turdagi xabarlarni qabul qilaman. Alhamdulillah barchasi uchun.
O'zing o'zgarmasang olam o'zgarmas...
Post #9454
843
- 💯 22
- ❤ 19