“O’zbekistonda davlat xaridlari tizimidagi imkoniyat va islohotlar” mavzusidagi yirik xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi!
✨ ADB hamda Jahon banki, AIIB, EBRD, IsDB kabi yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida O‘zbekistondagi biznes imkoniyatlari, xalqaro tenderlar, elektron xarid tizimlari va yashil xaridlar mavzulariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
📎Tadbirda davlat idoralari, xususiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. BRB-Tech kompaniyasi xodimlari ham mazkur seminarda faol ishtirok etib, ADB va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlash bo‘yicha qimmatli tajriba va bilimlarga ega bo‘lishdi.
🇺🇿🇰🇷 BRB-TECH Janubiy Koreyada INZENT kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
BRB-TECH vakillari Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi doirasida IT sohasida yetakchi hisoblangan INZENT kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📌 Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi: — bank mahsulotlarini raqamlashtirish, — platformaviy yechimlar, — moliyaviy sektorda innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
🤝 Tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
🎉 Bugun “Mening Biznesim” va “Mening Buyurtmam” mobil ilovalarning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi — ushbu raqamli yechimlar “Biznesni rivojlantirish banki” hamda “BRB-TECH” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqildi. ⠀ 🎉 Ushbu qisqa reelsda biz taqdimotning eng yorqin lahzalarini muhrladik! ⠀ #BRBTech #MeningBuyurtmam #MeningBiznesim #Taqdimot #Ozbekiston #Texnologiya #Biznes
Hayit ayyomi muborak! ✨ Ushbu kunning har bir lahzasi quvonch, qalb harorati va yaqinlaringizning mehri bilan to‘lsin. Qalbingizga tinchlik, ko'nglingizga xotirjamlik va har bir xonadonga xushxabarlar tilab qolamiz! 🌙
- - -
С праздником Хайит ! ✨ Пусть каждый момент этого дня будет наполнен радостью, душевным теплом и любовью близких. Желаем вам мира в сердце, гармонии в душе и добрых вестей в каждый дом!🌙