TGViewer
BRB-TECH BRB-TECH @brbtech · 306 subscribers
Post #71 107
💻 | Joriy yilning 26-sentabr kuni BRB-TECH jamoasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda hamkorlikning muhim masalalari, bulardan, bitiruvchilarning amaliyot o‘tash imkoniyatlari, ularni yuqori maoshli kasb bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, jamoamizning yetakchi mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha memorandumlar imzolash masalalarini muhokama qilindi. 📈
💡 Bundan tashqari, universitet talabalariga BRB-TECH bilan birgalikda real loyihalar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beruvchi Dual ta’lim tizimini joriy etish rejalari  ko‘rib chiqildi.
📍 Universitet vakillari ham bizga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirib, uning ilg‘or texnologiyalari, zamonaviy infratuzilmasi va talabalar uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlarni namoyish etishdi. Universitet o‘zining miqyosi va ta’limga innovatsion yondashuvi bilan bizni hayratda qoldirdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekistonda IT va telekommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi markaz hisoblanadi. Universitetning Farg‘ona, Urganch, Qarshi, Samarqand va Nukus shaharlarida filiallari ham mavjudligini ta’kidlab o‘tish lozim.
#BRBTECH #ТАТU # Amaliyot # Bandlik #Ta’lim#Axborottexnologiyalari #Hamkorlik


 🔗 Yangiliklarimizni kuzatib boring va raqamli kelajak sari biz bilan birga bo'ling!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📨Telegram   |   🖼 Instagram
👨Facebook  |   📱 Linkedin
👌Sayt
  • 🔥 1
More from @brbtech
  1. Oct 1, 2026💐 Muhtaram ustozlar va murabbiylar! "BRB-TECH" jamoasi sizni kasb bayramingiz bilan samim…
  2. Sep 25, 2026https://timesca.com/what-we-found-at-ict-week-uzbekistan-startups-robots-and-the-next-wave…
  3. Sep 25, 2026ICT Week 2026: BRB-TECH stendining uchinchi kuni! Ko‘rgazmaning uchinchi kuni ham samarali…
  4. Sep 24, 2026BRB-TECH ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida banklar, biznes va davlat uchun o‘z tajribasin…
  5. Sep 24, 2026🏆 BRB-TECH ICTWEEK 2026 tadbiridagi faol ishtiroki uchun mukofot bilan taqdirlandi Mamlak…
  6. Sep 24, 2026https://www.youtube.com/watch?v=J39eaYt5t4Q
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →