👍🤝 2024-yil 17-sentabr kuni “Biznes Rivojlantirish Banki”da “BRB-TECH” va “USAID” oʻrtasida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.
“BRB-TECH” IT-kompaniyasi rahbari tomonidan moliyaviy texnologiyalari va IT sohalarida hamkorlik qilish va hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvga “BRB-TECH” bosh direktori Shonazarov Farxod Shodiyorovich va “USAID” tashkilotining “Biznesni qoʻllab quvvatlash loyihasi” ning direktori Milo Stefanovich rahbarlik qildilar.
Uchrashuv davomida tomonlar innovatsion yechimlarni joriy etish, moliyaviy jarayonlarning samaradorligini oshirish va hamkorlik loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan gʻoyalar va strategiyalarni muhokama qildi. Ushbu hamkorlik tadbiri oʻzaro manfaatlar asosida, uzoq muddatli va samarali sheriklik sari muhim yoʻnalish boʻladi deb ishonamiz.
Mazkur tadbir har ikki tashkilot uchun koʻplab oʻsish va innovatsion imkoniyatlarni olib keladi! 🚀
#BRBTECH #USAID #Hamkorlik #FinTech #IT #MoliyaTexnologiyalari #Innovatsiyalar #HamkorLoyihalar #KelajakIT
🔗 Yangiliklarimizni kuzatib boring va raqamli kelajak sari biz bilan birga bo'ling!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📨Telegram | 🖼 Instagram
👨Facebook | 📱 Linkedin
👌Sayt
Post #62
101



- ❤ 1