🤝 ICT WEEK Uzbekistan 2026 koʻrgazmasi doirasida BRB-TECH va Lyuksemburgning WETRUST kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik oʻzbekistonlik IT-mutaxassislari salohiyatini Yevropa bozoriga olib chiqish va ularning xalqaro loyihalardagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.
Asosiy yoʻnalishlar:
🔹 IT-autsorsing — WETRUST Yevropadagi mijozlarni jalb qiladi, BRB Tech esa dasturiy taʼminot ishlab chiqish, QA, DevOps va texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini koʻrsatadi.
🔹 Savdo vakolatxonasi — WETRUST BRB Tech xizmatlarini Lyuksemburg, Belgiya, Fransiya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlarida ilgari suradi.
🔹 Qoʻshma ishlab chiqish markazi — WETRUST Yevropadagi shartnomalar, savdo va loyihalarni boshqarishni, BRB Tech esa Oʻzbekistondagi muhandislik markazi faoliyatini taʼminlaydi. Kelgusida markaz qoʻshma korxonaga aylanishi mumkin.
🚀 Ushbu hamkorlik Yevropa kompaniyalariga sifatli IT yechimlarni taqdim etish hamda Oʻzbekiston IT sohasining xalqaro miqyosdagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
📍 ICT Week 2026, Toshkent
📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Post #540
157




- 🔥 6
- 🎉 5
- 👍 2