Bankda mijozlarni segmentlash degan jarayon bor - oddiy qilib aytganda, mijozlarni guruhlarga ajratish: kim tadbirkor, kim xodim, kim pensioner va hokazo.
Avval bu ishni odamlar qo’lda bajarardi. Turli bazalarni birlashtirib, Excel orqali segmentlash uchun 2-4 soat ketardi. Shu vaqt ichida ma’lumot allaqachon eskirib bo’lar, qarorlar esa kechikib qolardi.
BRB-TECH ning Avtosegmentatsiya tizimi bu jarayonni soniyalargacha qisqartirdi:
• Segmentlash vaqti 2-4 soatdan soniyalargacha qisqardi
• Mijozning har bir harakati uning segmentini real vaqtda yangilab boradi
• Bank endi ommaviy SMS emas, har bir guruhga aniq manzilli taklif yuboradi
Natijada bank marketing xarajatini tejaydi, mijoz esa o’ziga kerakli taklifni oladi.
“To’g’ri odam, to’g’ri vaqtda, to’g’ri taklif oladi.”
BRB-TECH | Biznesni rivojlantirish banki ekotizimi
📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt