“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi S.S. Annaklichev tashabbusi bilan BRB-TECH jamoasi Andijon filialida bo‘lib, bank xodimlarni sun’iy intellektga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-treninglar tashkil etildi.
Trening davomida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
🔹 Prompt engineering asoslari va amaliy qo‘llash usullari
🔹 Sun’iy intellekt texnologiyalaridan ish jarayonlarida to‘g‘ri va samarali foydalanish
🔹 Smart Hudud — AI asosidagi tahliliy tizim imkoniyatlari.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — innovatsion yechimlarni hududlarga keng joriy etish, ish samaradorligini oshirish va xodimlarning raqamli kompetensiyalarini yangi bosqichga olib chiqishdir.
📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Post #425
263