API - Application Programming Interface.
🍽 Tasavvur qiling siz restoranga keldingiz. Ofitsiant bu API.
Siz buyurtma berasiz → ofitsiant oshxonaga yetkazadi → taom keladi.
Siz oshxonaga o'zingiz kirmadingiz, to'g'rimi? Xuddi shunday - dasturlar ham bir-biriga bevosita
"kirmaydi", ular API orqali muloqot qiladi.
Kundalik hayotda API?
📱 MyID orqali tizimga kirasiz → pasport ma'lumotlaringiz avtomatik to'ladi
(Bu MyID API tizimi)
🏦 Bankdan to'lov qilasiz → do'kon tizimi 1 soniyada xabar oladi
(Bu to'lov tizimidagi API)
🌤 Ilovada ob-havo ko'rasiz → ma'lumot meteostantsiyadan keladi
(Bu ob-havo uchun API)
🗺 Ilova eng yaqin filialni topadi → xarita xizmati bilan ulangan
(Bu Google Maps yoki Yandex Maps API’lari)
BRB-TECH va API - raqamda:
BRB-TECH bugungi kunda 50+ tashkilot bilan API orqali ulangan:
🔗 MyID — foydalanuvchi identifikatsiyasi
🏛 Davlat axborot tizimlari — soliq, statistika, kadastr
💳 To'lov tizimlari — onlayn tranzaksiyalar
📍 Geolokatsiya servislar — filial va xizmat nuqtalari
🔒 Kiberxavfsizlik tizimlari — ma'lumotlar himoyasi
Ya'ni siz bitta tugma bosganingizda, orqa fonda o’nlab tizim bir-biri bilan muloqot qililshni boshlaydi.
Aynan shu sababli BRB-TECH faqat dastur yozmaydi balki tizimlar orasida jonli muloqot yaratadi. 💡
📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt