TGViewer
BRB-TECH BRB-TECH @brbtech · 306 subscribers
Post #423 253
MENING TOMORQAM - TOMORQA ER EGALARI VA DEHQON XO'JALIGINI RAQAMLASHTIRISH

O'zbekistonda millionlab tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari mavjud. Biroq ularning ko'pchiligi quyidagi muammolarga duch keladi:

❌ Yerdan samarali foydalanish bo'yicha bilim va maslahat yetishmaydi
❌ Davlat subsidiyalari va imtiyozli kreditlarga ariza berish jarayoni murakkab va shaffof emas
❌ Yetishtirilgan hosilni bozorga chiqarish qiyin — o'rtakashlarga arzon narxda berishga majbur bo'linadi
❌ Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan


✅ BRB-TECH bu muammolarga kompleks raqamli yechim sifatida "Mening Tomorqam" platformasini ishlab chiqdi.

📌 PLATFORMA NIMA?
"Mening Tomorqam" - tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari uchun mo'ljallangan raqamli ekotizim bo'lib, "yer → ishlab chiqarish → sotuv" zanjirining barcha bosqichlarini yagona platformada birlashtiradi.

🔹 Agro-konsalting - mutaxassislar va AI yordamida qaysi ekin ekish, qanday parvarish qilish bo'yicha shaxsiy tavsiyalar
🔹 Moliyalashtirish - subsidiya, imtiyozli kredit va davlat yordamlariga elektron ariza berish va holatini kuzatish
🔹 Sotish platformasi - B2B/B2C marketplace orqali hosilni to'g'ridan-to'g'ri yirik xaridorlar va savdo tarmoqlariga sotish imkoniyati
🔹 Davlat integratsiyalari - davlat axborot tizimlari bilan to'liq integratsiya, hujjatlar uydan turib rasmiylashtiriladi
🔹 AI yordamchi - ma'lumotlarga asoslangan aqlli tavsiyalar va monitoring


📊 Davlat uchun ham foydali tomoni vazirliklar va idoralar uchun real vaqt rejimida hududlar bo'yicha tomorqalar holati, mablag'larning maqsadli ishlatilishi va iqtisodiy ko'rsatkichlar to'liq shaffof nazorat qiladi.

BRB-TECH raqamli texnologiyalar orqali qishloq xo'jaligini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • ❤ 1
More from @brbtech
  1. Sep 25, 2026https://timesca.com/what-we-found-at-ict-week-uzbekistan-startups-robots-and-the-next-wave…
  2. Sep 25, 2026ICT Week 2026: BRB-TECH stendining uchinchi kuni! Ko‘rgazmaning uchinchi kuni ham samarali…
  3. Sep 24, 2026BRB-TECH ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida banklar, biznes va davlat uchun o‘z tajribasin…
  4. Sep 24, 2026🏆 BRB-TECH ICTWEEK 2026 tadbiridagi faol ishtiroki uchun mukofot bilan taqdirlandi Mamlak…
  5. Sep 24, 2026https://www.youtube.com/watch?v=J39eaYt5t4Q
  6. Sep 24, 2026ICT Week 2026: BRB-TECH stendining ikkinchi kuni Ko‘rgazmaning ikkinchi kuni yanada qizg‘i…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →