📲 Smartfoningizga kelgan shubhali fayllarni aslo ochmang!
Hozirda firibgarlar zararli viruslarni tarqatishmoqda. Rasmda ko‘rib turganingiz — TolovOgohlantiruv.APK fayli aynan shunday tuzoqlarning biridir.
Uni o‘rnatgan zahotingiz telefoningiz ustidan nazoratni yo‘qotasiz: SMS-kodlar, bank parollari va shaxsiy ma’lumotlar firibgarlar qo‘liga o‘tadi.
✅ Xavfsiz qolish uchun:
📍 Faqat rasmiy do‘konlarga ishoning. Ilovalarni messenjerlardan emas, faqat Google Play yoki App Store’dan yuklang.
📍 Ruxsatlarni tekshiring. Agar oddiy o‘yin kontaktlar yoki SMS’ga ruxsat so‘rasa — bu virus! Uni darhol o‘chiring.
📍 Yaqinlaringizni ogohlantiring. Shubhali fayllarni yaqin tanishingiz yuborsa ham, profilini buzib kirishgan bo‘lishi mumkinligini unutmang.
Biz, sizning xavfsizligingiz uchun texnologik yechimlar ustida ishlaymiz. Lekin asosiy himoya — bu sizning hushyorligingizdir.
❗️ Yaqinlaringizga, ayniqsa kattalarga ulashing!
📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Post #349
288

- 🤝 2
- 👍 1