🔟 Dasturchilar haqida afsonalar
👨💻 Dasturchilar kunu-tun kompyuter qarshisida o‘tiradi.
Aslida ko‘pchilik sport bilan shug‘ullanadi, hobbiga vaqt ajratadi.
🧮 Barcha dasturchilar matematikadan daho.
Ha, mantiq kerak, lekin ko‘pchilikka oddiy matematika yetarli. Muhimi — tizimli fikrlash.
🙃 Dasturchilar hammasi introvert va yopiq.
Har xil odamlar bor: juda ochiq va kommunikativlari ham, tinchroq xarakterlilari ham.
⚡️ Ular darrov xatosiz kod yozadi.
Xatolar — jarayonning bir qismi. Hatto tajribali dasturchilar ham “bug”larga duch keladi.
🌙 Faqat kechasi ishlashadi.
Tunda kod yozadiganlar bor, ammo aksariyati oddiy ish jadvalida — 9:00–18:00 ishlaydi.
🎮 Hammasi kompyuter o‘yinlariga qiziqadi.
Ba’zilar yoqtiradi, lekin hammasi emas. Kimdir sportni, kimdir musiqani yoqtiradi.
💰 Dasturchilar birinchi oydan katta pul topadi.
Haqiqatda daromad tajribaga qarab oshadi. Boshlovchilarga mehnat qilishga to‘g‘ri keladi.
📝 Barcha dasturlash tillarini biladi.
Bunga imkon yo‘q. Odatda dasturchi 1–2 tilni chuqur o‘rganadi, qolganini yuzaki biladi.
📚 Bir marta o‘rganib olsang, butun umrga yetadi.
Texnologiyalar tez o‘zgaradi, dasturchi doimiy ravishda yangiliklarni o‘rganib boradi.
👩💻 Dasturchilar faqat erkaklar.
IT sohasida ayollar soni tobora ortmoqda va ular ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Post #230
425

- 🔥 3
- 🤩 1