TGViewer
Biznesni Rivojlantirish Banki Biznesni Rivojlantirish Banki @brb_uzb · 36K subscribers
Post #1543 7.95K
“Salom, Abror aka, sizmi?”

Abror aka bo‘lmasangiz ham, javob berishga shoshilmang 😑

Noma’lum raqamlardan keladigan:
✉️ “Salom”
✉️ “Siz falonchimisiz?”
✉️ “Sizga ish taklifimiz bor”
✉️ “Uyda turib pul ishlashni xohlaysizmi?”

kabi xabarlar firibgarlarning siz bilan aloqa o‘rnatish usuli bo‘lishi mumkin 🚸

Avval gapga solishadi. Keyin ishonchingizga kirishga harakat qilishadi. Undan keyin esa “tezroq”, “hozir”, “aks holda...” degan gaplar boshlanishi mumkin.

🔘 Shunday paytda oddiy qoidalarni esda tuting:
🔴 Kimligini bilmasangiz, javob berishga shoshilmang.
🔴 Shaxsiy va bank ma’lumotlaringizni hech kimga bermang.
🔴 Noma’lum havola yoki fayllarni ochmang.
🔴 Ish taklif qilishsa, avval kompaniyani tekshiring.
🔴 Sizni shoshiltirishsa yoki qo‘rqitishsa, suhbatni to‘xtating.


Qisqasi: “Salom” deb yozganlarning hammasi firibgar emas. Lekin kimligini bilmaguningizcha, eski tanishdek gaplashib ketmagan ma’qul 😉
  • 👍 9
  • ❤ 7
  • 🔥 3
More from @brb_uzb
  1. Sep 21, 2026🎁“Omadli kredit” aksiyasida ishtirok eting. Kredit olishni rejalashtiryapsizmi? Ipoteka,…
  2. Sep 21, 2026❔❔❔“Bankda nima gap” o‘zi nima loyiha? “Bankda nima gap” — Markaziy bank va tijorat bankla…
  3. Sep 18, 2026💼 Biznesingizni islomiy shartlar asosida moliyalashtiring Uskuna, xomashyo yoki tovar oli…
  4. Sep 17, 2026Endi BRB LIFT — Ayol tadbirkorlar uchun! Tadbirkor ayollar, biznesingizni yangi bosqichga…
  5. Sep 17, 2026🏔 Chimyonda tayyor apartamentlar sotiladi — dam olish va daromad uchun foydali investitsi…
  6. Sep 16, 2026⚡️ UZCARD bilan to‘lang va BYD Yuan Up yutish imkoniyatiga ega bo‘ling BRB’ning UZCARD kar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →