BRB mobil ilovasida "Xitoyga o'tkazmalar" xizmati ishga tushdi. Endi mablag'ni to'g'ridan-to'g'ri:
✅ Alipay elektron hamyoniga
✅ WeChat Pay elektron hamyoniga
✅ Xitoyda chiqarilgan UnionPay kartalariga yuborishingiz mumkin.
Yangi xizmat Xitoy bilan moliyaviy aloqalarni yanada qulay yo'lga qo'yishga yordam beradi — biznes to'lovlaridan tortib Xitoy fuqarolariga pul o'tkazmalarigacha.
Afzalliklari:
✅ BRB mobil ilovasining o'zida pul o'tkazish
✅ Uzcard va HUMO kartalaridan mablag' yuborish imkoniyati
✅ Qo'shimcha servis va ilovalardan foydalanishga hojat yo'q
✅ Xavfsiz va qulay xalqaro o'tkazmalar
❗️ Muhim:
• Xizmat orqali pul o'tkazmalari faqat Xitoy fuqarolariga amalga oshiriladi.
• Eng kam o'tkazma miqdori — 1 200 000 so'm
📲 BRB ilovasiga kiring — Xitoyga pul o‘tkazish qanchalik osonligini o‘zingiz tekshirib ko‘ring!
