#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 #yoshlar_kuni
🇺🇿“Biznesni rivojlantirish banki”da maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv
1️⃣“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mustaqilligimizning 35 yilligiga bagʻishlangan nutqi mazmun-mohiyatini oʻrganishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
👨🏫Tadbirda soha ekspertlari va olimlar ishtirok etib, muhim mavzularda maʼruzalar qildi:
✨Tarix fanlari doktori, professor Fayzulla Ernazarov "Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va maʼnaviy meros" mavzusida ma'ruza qildi.
✨Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassisi Pardaxol Norqobilova esa “Inson qadri – 35 yillik islohotlarning o‘lchovi: erkinlik, bilim, sog‘lik va yoshlar" mavzusida tinglovchilarga ma'lumot berdi.
🎥 Uchrashuv davomida ishtirokchilarga islohotlar va milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi maxsus videoroliklar namoyish etilib, samimiy muloqot va fikr-mulohazalar bilan yakunlandi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Post #7166
297





- 👍 1