TGViewer
Channel Public Channel
Engineering Notes

Engineering Notes

@boboshersnotes

Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi.

Ba'zi postlarda xatoliklar bor.
Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Subscribers
2.61K
Photos
162
Videos
2
Links
229

Showing posts older than #147 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #146 631
Keyingi maqola qaysi mavzuda bo'lishini xohlardingiz?
Post #145 709
Buyog'iga savol egasi ko'rsatilmaydi :-)
Post #144 700
Bobosher Musurmonov Assalomu alaykum, e'tibor uchun rahmat. Gap shundaki, multithreading aslida I/O uchun ishlab chiqilgan. CPU-bound uchun esa multiprocessing. Maqolada multithreading CPU-bound uchun deganimning sababi, agar multiprocessing deganimda unda process nima, threaddan…
Savol:
man bir joyiga unchalik tushunmayman, qilayotgan projectimizda aynan qaysi paytda async dan foydalanishimiz kerakligini qanday aniqlab olishni va async ni ishlatish kerakmi yo multithreading ishlatish kerak, asinhirinni ishlatishni ham o'zini qonin qoidasi bo'lsa kerak, shulani yaxshilab o'rganib olishim kerak
Post #143 640

Forwarded from Bobosher Musurmonov

Mana shunday kechikishi kerak bo'lmagan joylarda thread ishlatish mumkin.
Masalan, ko'p frameworklarda requestlarni kutib turish uchun alohida thread ochilib turadi. Request kelishi bilan "ichkariga" uzatadi.
Agar asinxron ishatilsa, boshqa tasklar bajarib bo'lingunicha requestlar kutib qolishi mumkin. Multiprocessing esa "ortiqcha harajat". Yaxshisi, thread ishlatamiz.
Post #142 559

Forwarded from Bobosher Musurmonov

Asyncioning kamchiliklaridan biri, task tayyor bo'lsa ham "navbat"i kelgunicha bajarilmay turadi.
Restoran misolida, ofitsant boshqa ishlarni bitirib kelgunicha ovqat tagiga olib ketishi mumkin.
Post #141 556

Forwarded from Bobosher Musurmonov

Assalomu alaykum, e'tibor uchun rahmat.

Gap shundaki, multithreading aslida I/O uchun ishlab chiqilgan. CPU-bound uchun esa multiprocessing. Maqolada multithreading CPU-bound uchun deganimning sababi, agar multiprocessing deganimda unda process nima, threaddan qanday farq qiladi va h.k.larni tushuntirish kerak bo'lardi. Xullas, out of topic. Shuning uchun tinchgina multithreading degandim(sababi, tepada threat tushuntirilgan).

Endi savolingizga qaytsak. Multithreading aslida async chiqishidan oldin IO-bound workload uchun ishlab chiqilgan. Async chiqishi bilan uning qadri ancha pasaydi. Sababi, CPU-bound uchun deyarli foydasiz(pythonda GIL "o'lganning ustiga tepgan qiladi"), IO-bound uchun esa async effectiveroq. Xullas, deyarli keraksiz bo'lib qoldi. Har holda, end-user developerlar uchun. Framework developerlar esa ko'p ishlatishadi. Asinxron ishlash noqulay va multiprocessing keraksiz joyda.


Demak siz va biz uchun:
- CPU-bound workloadda multiprocessing;
- IO-bound workloadda async.
RIP multithreading :-)
Post #138 668

Forwarded from Bobosher Musurmonov

Yaxshi savol. Avvalroq meni ham o'ylantirgan. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib ba'zi narsalarni aytaman:

1. ORM database emas. U bizga ma'lumotlarni qanday bersa, biz shunday qabul qilamiz. Kimdir Django ORMni yaxshi tushunishi va shu bilan birga RDBMS haqida hech narsa bilmasligi mumkin. Ma'lumotlar aslida qanday saqlanishi va uni qanday ishlatishni bilmaslik db haqida noto'g'ri tasavvurlarga, demakki notog'ri yoki o'ta foydasiz usullardan foydalanishga olib keladi.

2. Django ORM ancha kuchli bo'lsa-da albatta chegaralangan. Shunday vaziyatlar bo'ladi-ki, ORM ish bermaydi. O'sha vaziyatlarda raw query yozishga to'g'ri keladi.

3. ORMga bog'lanib qolish djangodan boshqa texnologiyalar bilan ishlaganda katta qiyinchiliklarga olib keladi. Dasturchi sifatida faqat django bilan cheklanish yaxshi emas.

4. DB engineering bu shunchaki table va data emas. Bu butun boshli soha. Uning ham ichida bir dunyo usullari, sir-sinoatlari bor(indexes, replication, sharding, CC, ...). Ma'lumotlar bilan to'g'ri ishlay olish loyihangiz bilan qulayroq ishlash va eng yaxshi optimizatsiyalarni qilishga imkon beradi.

5. "Qanday ishlatish"dan ko'ra "qanday ishlashi"ni tushuna olish ko'p imkoniyatlar beradi.
  • 👍 3
Post #137 537

Forwarded from Azizbek Xushnazarov

#savol

Ko'pchilik vakansiyalarda Django va birorta SQL yozilgan bo'ladi.

Django ORM turganda SQL o'rganishim kerakmi?

Misol uchun Postgresql ni o'rgansam uning men uchun pro taraflari nima buladi.

Yoki SQL ni shunchaki ORM qanday ishlayotganligi haqida tasavvurga ega bo'lish uchun o'rganishim kerakmi?
Post #134 560

Forwarded from PyNotes

Title: String interning
To alleviate memory that can be quickly consumed by strings, Python implements string interning
— A string will be interned if it is a compile-time constant, is not the production of constant folding or is not longer than 20 characters, and consists exclusively of ASCII letters, digits, or underscores.
—Empty strings are interned.
Source
Post #131 419

Forwarded from Bobosher Musurmonov

Fetch qilingan ma'lumotlar RAMda saqlanadi.
SELECT * FROM users;
query resultlarini fetch qilsangiz users tabledagi hamma ma'lumot RAMga ham copy qilinadi.
Post #128 410

Forwarded from Bobosher Musurmonov

Databasedan fetch qilayotgan bo'lsangiz limit va offsetdan foydalanib paginationga o'xshash narsa qilib ko'ring.
Post #127 409

Forwarded from Oyatillo Ma'mirjonov

Cpu ni python ko'p egallamayapti, mysql egallayapti.
Python bo'lsa ram ni.

Google tog'a bu pythondimas serverni sozlash kerak diyapti😐
Post #126 399

Forwarded from Bobosher Musurmonov

#javob
MemoryError dasturingiz ishlashi uchun RAM yetmay qolganda sodir bo'ladi. Hozir siz katta ehtimol bilan katta hajmdagi ma'lumotlarni to'g'ri pythonga chiqarib(bunda ma'lumot to'liq RAMda saqlanib turadi) ishlashga harakat qilayapsiz. Bu biror fayl yoki database bo'lishi mumkin.
Yaxshisi, hamma ma'lumotni bittada olmasdan, bir qismini olib, u bilan ishlab bo'lgach, xotirani bo'shatib keyingi qismga o'tib va h.k. ishlang.
Post #125 380

Forwarded from Oyatillo Ma'mirjonov

#savol #MemoryError

Python kodni ishga tushiraman desam MemoryError chiqyapti, nima qilsam bo'ladi.

Faqat oddiy print('hello world') kodlar ishlayapti, kattaro paketlarni import qilingan kodlar ishlamayapti


Linux: Ubuntu(18.04)
Ram - 4GB
Post #124 368

Forwarded from Bobosher Musurmonov

Balki, sizning queryingiz more effectivedir.

Birinchidan, katta ehtimol bilan objectlar bilan ishlaganda hamma columnlar fetch qilinadi. Bizga esa faqat id kerak. Demak, biz olgan dataning katta qismi keraksiz.

Ikkinchidan, objectlar bilan in ishlatilganda sql queryda albatta, id ishlatiladi. Lekin iterabledagi objectlardan id aynan qanday ajratib olinishidan xabarim yo'q. Balki ORM levelda iteration bo'lar, balki boshqacha. Anig'ini bilmayman.
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →