Clean code yozish oddiy kod yozishdan ko'ra ko'proq vaqt olsa-da, umuman olganda vaqtingizni tejaydi.
DRY, SOLID, KISS kabi prinsplarga asosan yozilgan Clean codega o'zgartirish kiritish, yangi componentlar qo'shish va o'chirish oson bo'ladi. Bo'lmasa, kodingizni tushunish va maintenance qilish qiyin bo'lib qoladi va qachondir kodingiz "legacy code"ga aylanib qoladi. Tamom. Only god knows how it works.
Clean codega 1 soatda kiritish mumkin bo'lgan o'zgarish bad codeda 1-2 kun, hatto haftalar olishi mumkin.
Commentlardan foydalaning. "Komment shart bo'lmaydigan kod yozing" degan gap yuradi*. Shaxsan men uchun bu gap faqat "Wow, cool!" deyish uchun o'ylab topilgan. Agar menga ishonmasangiz biror kattaroq texnologiya yoki projectning kodini titkilab ko'ring. Plus, agar comment shart bo'lmaganda, uni umuman o'ylab topishmasdi. Xullas, o'zingizdan keyin bu kodni o'qiydiganlarni ham o'ylang.
*Unaqalarga jazo sifatida competetive programmingda yozgan kodlarimni tushunishni bergan bo'lardim :-)
Bir uyum 🥴 kodga qarab shular haqida o'ylab qoldim.
Post #98
624
- 👍 3