TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #939 6.51K
Ba'zi sabablar bilan anchadan beri aynan dasturlashga oid biror narsa o'rganishga vaqt ajrata olmayotgandim. Va nihoyat bugun 2-3 soat o'tirib o'rganishga vaqt topa oldim:

1. CPython 3.13'dagi yangiliklarni chuqurroq o'rganib chiqishga harakat qildim. Bundan tashqari community forum/discussionlardagi oxirgi yangiliklarga qarab chiqdim. Memory management/garbage collectiondagi o'zgarishlar va ayniqsa JIT compilerga adaptatsiya ancha yaxshi ketayotgani yoqdi. Shu endi type systemniyam sal odam bashara qilib, data modelni sal yengillashtirishsa pythonam yaxshigina til bo'lib qolarkan o'zi.

2. Rust type systemni chuqurroq o'rganish bahonasida type theory va automata theory bo'yicha ba'zi yangi narsalar o'rgandim. Bundan tashqari men oldin tushunmagan ba'zi string typelarni yaxshiroq o'rganib, implementatsiyasiga qiziqib ko'rdim.

3. Kubernetes bo'yicha zanglab qolgan umumiy bilimlarimni sal yangilab oldim. Oxirgi kunlarda ishimning asosiy qismi k8s bilan bog'liq bo'layapti, shuning uchun bu yaxshi vaqt investitsiyasi bo'ldi deb o'ylayman.
  • 👍 29
  • 🍾 8
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →