TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #930 3.7K

Forwarded from Aleph Nought

Post uzunroq ammo ham kulgili va ham achinarli gaplar yozilgan.

Bilmaganlar uchun: Man bir kompaniyada texnik suhbat oluvchi hodim sifatida ham ishliman. Asosan texnik o'qituvchilarni suhbat qilaman.

Man bilan suhbat muvaffaqiyatli yoki aksincha bo'lsa ham, odatda uzoq davom etmaydi. Nega? Chunki to'gridan to'gri kod yozamiz. Yani birinchi savolning o'zidayoq siz kod yozib berishingiz kerak. Bu bilan u javoblarni yodlab olgani yoki GPT kabilar bilan tayyorlanganini o'ylab o'tirmayman. Chunki tajribali odam shartta yozadi qo'yadi.

Sizlarga har xil keyslarni aytmoqchiman:

O'sish uchun dars bermoqchiman deyishadi. Ok, o'sarsiz ammo o'quvchilarni kim o'stiradi?

---

Suhbatda mani eng chorasiz qoldiradigan, ya'ni nima deyishimni bilmay qoladigan bir vaziyat bor. Nomzod noto'gri javoblar beradi. Biroz sukut saqlab "Azgina hajonlanvomman" deydi. Kimdir bilsa etsin. Man shu payt nima qila olaman?
"Ha bu o'zi zo'r mutaxasis, jovoblani biladi, shunchaki hozir hayajonda" deb muvaffaqiyatli o'tkazishim kerakmi? Yana savolim bor: "Hayajonlanmang" desam hayajoni to'xtaydimi?

---

Masalan JS bo'yicha bo'lsa va man setTimeout ni yozib bering desamu u nimaligini bilsa ammo yozilishida xato qilsa buni kamchilik deb bilmayman. Ammo nimaligini bilmasa yoki qanday ishlashini bilmasa bu yomon.

Endi savol aslida setTimeout bir funkisya xolos, shuni bilmaslik yoki esidan chiqarish yomonmi deyishingiz mumkin.
Javob: Albatta yomon. Nega? Chunki JavaScript muhitida timeouts deb alohida ajratilgan mavzu hisoblanadi. Timeoutlar oddiy kodlardan biroz boshqacha ishlaydi va buni o'zini hurmat qilgan JS dasturchi ablatta bilishi kerak. Unutsangiz ham unuting ok. Chunki hozirgi zamonda ish paytida bilmasangiz ham qiynalmaysiz, shartta google qilasiz yoki GPT kabilardan so'risiz. Ammo darsda o'quvchingiz sizdan so'rayapti. Nima deysiz? Google dan qaraberasmi? Nima uni o'zi qlomidimi? Umuman sizga nega pul to'lashi kerak?

---

Ishga (dasturchi sifatida) topshirasiz u yerga kira olmay birdan dars bergingiz kelib qoladi... Bizga qarab "Shu tajribam bularga bo'laveradi" degan fikrdamisiz yoki? Aslida biz qattiqroq suhbat qilishimiz kerak. Nega? Tasavvur qiling siz dasturchi bo'lib ishga topshiryapsiz, intervyudan amallab o'tdingiz. Yani kamchiliklaringiz bor. Ishlaysiz ishlaysiz va qayerdadir muammo chiqarasiz. Albatta bu juda tabiiy jarayon va it's ok. Bugun bo'lmasa ertaga yoki undan keyin to'girlanadi, bahonada siz tajriba orttiryapsiz. Endi tasavvur qiling siz ta'lim dargohida ishlamoqchisiz. U yerdan ham amallab o'tdingiz. Yuzlab yoshlar "Poytaxtda o'qiman" degan umid bilan viloyatlardan kelishadi, kvartira, yeb ichish, kurs to'lovlari, boshqa harajat vahokazolar haqida o'ylab ko'ring. Mayli deydi va o'qidi. Ammo shox soxta bo'lib chiqsachi?

Yani dasturchilikda chiqadigan muammodan ko'ra o'qitvchilikda chiqadigan muammo ancha jiddiy.

O'quvchi: Ustoz bu nima?
O'qituvchi: Bilmadim ishlatib ko'rmagamman.

Shu yerda haligi o'quvchini tasavvurlari o'zgarib ketti...

Bilmaslik ayb emas albatta, lekin shaxsan sohaga doir va bilishi shart bo'lgan mavzulardan savol bersam ham javob ololmayapman.

---

Framework yoki Lib ishlatasiz. Ajoyib, qarshiligim yo'q. Muhimi siz qaysi qiyin ishni oson yo'l bilan hal qilish haqida o'ylab birortasini tanlagansiz. Yani ularsiz ham ishlay olasiz, nu zachem? tayyor tool bor-ku deysiz. Bu to'gri fikr. Ammo ularsiz hech narsa qila olmaydigan odamlar ham chiqayapti. Yana eslataman, menga chiqdimi tamom u dars bermoqchi bo'lgan odam bo'ladi.

Asab kerak ekan. Bilasizmi shunaqalar odatda nima deyishadi? Bu ishlatilmidi-ku. Bu ish-la-til-midi-ku. Javobni qarang. Ha uni siz ishlatmassiz yoki sizning doirangizdigilar ishlatishmas, lekin bu o'sha mavzuni bilmasligingizga bahona bo'lolmaydi. Har holda dasr bermoqchisiz.

---
  • 👍 40
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →