Savol ozgina noto'g'ri bo'ldi.
Umumiy javob:
GET va POST requestda ham serverga ma'lumot yuborish mumkin.
Farqi:
POST requestda yuborilganda data requestning body qismida, zarur bo'lsa, shifrlangan holda yuboriladi.
Shuning uchun sensitive data, ya'ni shaxsiy ma'lumotlar, parollar,... POST request tarkibida yuboriladi. Requestni kimdir yo'lda tutib olsa ham, ma'lumotni qo'lga kiritish uchun deshifr qilish kerak bo'ladi.
GET requestda esa umuman, body qismining o'zi yo'q. Shuning uchun ma'lumot urlning tarkibida, parameter sifatida o'tadi.
Bu usul bilan asosan, muhim bo'lmagan, elementar ma'lumotlarni serverga uzatishda foydalaniladi.
Masalan, pagination yoki search queryda.
Data URL tarkibida shunchaki ochiq turgani uchun sensitive datani yuborsangiz, requestni tutib olgan kishi ochiq ma'lumotni qo'lga kirita oladi.
Post #88
404
Forwarded from Bobosher Musurmonov