TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.6K subscribers
Post #829 2.87K
Hozirgi ish joyimga kirganimga 2 oy bo'ldi. Yangi jamoada texnik bilimlardan tashqari "work culture" tomondan ham ko'p narsa o'rganayapman. Quyida shaxsiy fikrimcha bizda ham kengroq adaptatsiya qilishga arziydigan ba'zi qoidalar. E'tibor qilsangiz bularning hammasi oddiy narsalar, lekin negadir ba'zilar shularga ham amal qilmaydi.

1. Sizning vaqtingiz qimmat, boshqalarniki undan ham qimmat. Hamkasbingizning ishi sizga bog'liq bo'lsa iloji boricha tezroq bajarib bering yoki eng kamida qachon qilib bera olishingzni ayting. Schedule qilingan call/meetinglarga vaqtida qatnashing, biror sabab bilan kech qolsangiz yoki qatnasha olmasangiz qolganlarni bu haqida iloji boricha ertaroq ogohlantiring. Managerlar va team leadlar uchun: callga faqat kerakli odamlarni chaqiring va iloji boricha tezroq tugating. Daily standupda jamoadagi faqat 1 kishiga aloqador task ustida gaplashish uchun butun jamoani 1 soat ushlab turmang.

2. Vaqt qimmat, fokus undan ham qimmat. Fokusning 2 ta asosiy dushmani bor, shulardan iloji boricha qochishga harakat qiling:
a) Context switch, ya'ni bir vazifadan boshqasiga o'tish. Masalan, fokus bilan ishlayotgan jamoadoshingizga "hey, tezda mana bu narsani qilib bera olasanmi, 5 minut vaqt ketadi" desangiz u ishning o'zini qilishga 5 minut vaqt ketishi mumkin, lekin jamoadoshingiz yana o'zining ishiga qaytib avvalgidek fokus qilishiga yana kamida 10-15 minut ketadi.
b) Unpredictibility, ya'ni oldindan rejalashtirilmagan ishlar. Masalan, jamoadoshingiz yoki qo'l ostingizdagi ishchini oldindan ogohlantirmasdan "hey, hozir 10 minutlik qisqa callga qatnasha olasanmi" desangiz u callga kirib nima bo'layotganini tushunib olgunicha va calldan keyin oldingi qilayotgan ishiga qaytgunicha ancha vaqt o'tadi. Lekin call oldindan belgilangan bo'lsa u ma'lum darajada tayyor bo'ladi va context switch ancha oson kechadi.

Davomi keyingi postda

@boboshersnotes
  • 👍 22
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →