Post #826
3.1K
my.mehnat.uz'da o'zim ishlamagan joyda 10 kunlik mehnat shartnomasi qo'shilib qolibdi. Kompaniya direktori bilan gaplashib ko'rsam qanaqadir "yoshlarni ish bilan ta'minlash" dasturi doirasida 70 kishi uning kompaniyasiga majburiy biriktirilgani, hozir hammasini qaytadan bo'shatib chiqayotganini aytdi. Ro'yxat "tepadan" kelib, avtomatik mehnat shartnomasi tuzilgani (mening imzoimsiz), ro'yxatdagi odamlarni o'zi ham tanimasligini aytayapti. Davlat idoralari fuqarolar shaxsiy ma'lumotlari bilan xohlagancha o'yin qilayapti. Molxona.
- 🤯 42
- 😁 8
- 👍 5