TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.6K subscribers
Post #814 2.77K
P vs NP problem haqida ko'pchilik bilsa kerak, bilmaydiganlar bo'lsa shu joyida to'xtab, o'rganib kelsangiz bo'ladi. Ko'pchilik P=NP ekanini isbotlash faqat RSAga o'xshash assimmetrik kriptografiyani buzishga yordam beradi deb o'ylaydi. Aslida esa RSAni buzish shunchaki xamir uchidan patir.

Biror masala NP bo'lishi uchun uni deterministic approachda polynomial vaqtda yecha oladigan algoritmni bilmasligimiz, lekin potensial yechim berilsa yechim to'g'ri yoki noto'g'riligini polynomial vaqtda tekshirib ko'ra olishimiz kerak. Ya'ni NP masalalar qaysidir P ("oson") masalaning "teskarisi". Masalan, tub ko'paytuvchilarga ajratish (prime factorization) NP masala. Deylik, 4187 sonini tub ko'paytuvchilarga ajratish "qiyin", lekin 53 va 79 berilsa rostdan ham ularning ko'paytmasi 4187 bo'lishini oson aniqlay olamiz.

Demak bizda shunaqa funksiya borki, unga NP masala javobi input sifatida berilsa u to'g'ri yoki noto'g'ri ekanini polynomial vaqtda ayta oladi. "Switching Circuit Theory" (O'tkazgich sxemalari nazariyasi)ga ko'ra agar input uzunligi chekli deb olinsa bu turdagi har qanday funksiyani "AND", "OR", "NOT"ga o'xshash mantiqiy bloklar kombinatsiyasi (sxema) sifatida tasvirlash mumkin.

NP-complete savollar orasida Satisfiability problem (qanoatlantirish masalasi) nomli masala bor. Deylik, sizda bir qancha mantiqiy o'zgaruvchilar va mantiqiy operatorlardan iborat mantiqiy ifoda bor. Masala sharti, o'zgaruvchilarga qanday qiymat berilsa umumiy ifoda True (Rost) qiymatga ega bo'lishini topish.

Biz tepada aytgan mantiqiy bloklar kombinatsiyasini ham mantiqiy ifoda sifatida yozsak bo'ladi. Faqat har bir mantiqiy operator qanday ishlashi kerakligini qoidalar shaklida kiritish uchun yana qo'shimcha ifodalar qo'shish kerak bo'ladi (masalan, AND bloki faqat ikkala input ham true bo'lganida true natija qaytaradi). Natijada SAT masalasining xususiy ko'rinishi, CIRCUIT-SATga ega bo'lamiz.

Xo'sh, CIRCUIT-SAT nima qila oladi? Unga ma'lum natija berilsa shu natijaga erishish uchun mantiqiy sxemaga qanday input kiritish kerakligini aniqlay oladi. Har qanday chekli matematik funksiyani mantiqiy sxema sifatida tasvirlashimiz mumkinligini eslasak, demak u har qanday funksiyadan ma'lum bir natijani olish uchun unga qanday qiymat(lar) berish kerakligini aniqlay oladi. Ya'ni u har qanday funksiyani "orqaga qaytara oladi". Har qanday shifr, har qanday ma'lumotni qayta ishlash farqi yo'q. Funksiyaning o'zi deterministik bo'lsa bo'ldi.

Qisqa qilib aytganda, P=NP ekanini isbotlash bizga har qanday algoritmni tezda "orqaga qaytarish" imkoniyatini beradi. Lekin hali isbotlay olganimiz yo'q. Bu degani, bizda hozir ham har qanday funksiyani "orqaga qaytara oladigan" algoritmlarimiz bor, lekin ular hozircha juda sekin ishlaydi. Masalan, RSAda ishlatiladigan 2 ta 200 xonali atrofidagi sonlarni ko'paytirishni "orqaga qaytarish" uchun hozirgi algoritmlarga yuzlab yoki minglab yillar vaqt kerak bo'ladi.

P.S. Mavzuni chuqur bilmasligim yoki postni soddalashtirish maqsadida qilingan xatolar bo'lishi mumkin.

@boboshersnotes
  • 👍 15
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →