TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.6K subscribers
Post #754 3.31K
Engineering Notes Ikkita turdagi dasturchilar bor: Birinchisi sohadan faqat tirikchilik qiladiganlar va ikkinchisi shu bilan birga sohaning o'zini rivojlantiradiganlar. O'quv markazlarga va kurs yozadigan ustozlarga iltimos: mayli, ularni birinchi toifaga kirishga tayyorlang…
Noldan boshlab ikkinchi turga qarab harakat qilish uchun men biladigan ikkita variant bor: Universitet va self-study.

Hozir ko'pchilikka yoqmaydigan gap aytaman. Bizdagi o'quv markazlarida bularni o'rganishning shunchaki iloji yo'q. Nima qilsangiz ham o'quv markazlari rasvosi chiqib bo'lgan o'rta ta'limning qaysidir darajada o'rnini bosish uchun qurilgan sistema. O'quv markazida computer siencedagi formalizatsiya, tartiblangan sistema yo'q. Bo'lmaydi ham, sababi bunaqa sistema o'rnatish uchun 2-3 yillik kurslar bo'lishi kerak, xuddi universitetdagidek. Kecha "4 yillik universitetdan ko'ra 6 oylik kursimizda ko'proq narsa o'rganasiz" deb reklama qilib bugun o'zi universitet sistemasini qo'llash uchun eng oldin uyalmaydigan, qalin bashara kerak bo'ladi. Keyin universitet ochib unda o'quv markazlarining programmasini o'tishdan ham foyda yo'q. Masalan, IT Park University va PDP University xuddi shu ishni qilayapti hozir.

Yaxshi universitetda o'qish. O'sha ko'pchilik keraksiz deb hisoblayotgan universitetdagi fanlar aslida dasturlashning asosini tashkil qiladi. Plus, u yerda ertaga pul topish birinchi planga chiqarilmaydi. Pulni vaqtincha hayoldan chiqarib, sohaning o'zini o'rganishga imkoniyat bo'ladi.

Self study. Faqat tutoriallar, computer science asoslari o'rgatiladigan lecturelar va sohasini yaxshi tushunadigan odamlarning talklarini ko'rish orqali. Lecturelar uchun boshlanishiga Youtubedagi Harvard yoki MIT recorded lecturelari yaxshi variant.
  • 👍 66
  • 👎 5
  • 🍾 1
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →