Post #747
3.27K
Dasturlash sohasiga oid o'zbekcha resurslarni ko'paytirish tarafdoriman, lekin terminlarni ko'r-ko'rona tarjima qilishga qarshiman. Database – berilganlar ba'zasi, list – ro'yxat, class – toifa, bunaqa terminlarni tarjima qilish butunlay keraksiz va cringe deb hisoblayman. Bir ustozim aytgandi, 89-yil o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan keyin shunchalik "o'zbeklashib" ketganmiz-ki, gazetalarda traktor "o'rmalovchi" deb nomlanishni boshlagan deb. Bizda ham ba'zi terminlarni "o'rmalovchi" qilib yuborishayapti.
- 👍 41
- 😁 11
- 👎 3
- 👀 2