Ko'pchilik adashadigan narsa Jahongir aka aytayotgan ishini yoqtirmaslik bilan o'z ishiga "passion" yo'qligi orasida katta farq borligi. Ba'zilar bir sohaga kirib, ozgina vaqtdan keyin bu soha mengamas ekan deb chiqib ketadi. Buni qanday bilding deb so'rasangiz "falonchi akaga o'xshab maza qilib o'rgana/ishlay olmadim" deydi, ya'ni harakat qilsa qo'lidan keladi lekin *hozircha* passion yo'q. Menimcha sohaga haqiqiy mehr (ya'ni ular izlayotgan passion) shu sohaga minglab soat vaqt sarflagandan keyin, vaqt o'tishi bilan keladi.
Masalan, men biznesni yoqtirmayman, lekin 3-4 yil shu sohada qattiq mehnat qilsam ishonchim komil, ishimdan rohat olishni boshlayman. Lekin masalan, 3-4 yil filolog bo'lib ishlasam ham baribir bu soha yoqmaydi keyinchalik ham. Yoki Chomskyga o'xshab linguistikani ham konkret model sifatida ko'rishni boshlayman😂
Post #743
2.68K
JR TwitGram 🥂 O’z ishini yoqtirmasa nima bo’ladi? Boshida o’zini majburlaydi. Keyin majburlashga kuch va sabr qolmaydi. Qilayotgan ishining sifati tushishni boshlaydi. Ohir oqibat yoki ishdan o’zi ketadi yoki kuzatib qo’yishadi.
- 👍 20