Yaqinda TATU tomonidan o'tkazilgan CTFda qiziq bir holat bo'ldi. Xullas, ma'lum funksiya uchun natijasi ma'lum bir shartni qanoatlantiradigan barcha input parametr qiymatlarining o'rta arifmetigini topish kerak edi. Bruteforce qilib ko'rdik va natija 127.5 chiqdi, lekin bu javob noto'g'ri ekan. Qayta-qayta tekshirib ko'rdik, lekin bir xil natija. Xullas, o'sha savolni yecha olmadik va oxirida 3-o'rinni oldik (yechganimizda 1-o'rinni olardik).
Ertasiga tashkilotchilardan so'rasam yo'nalish to'g'ri ekani, lekin hisob-kitobda xato bo'lishi mumkinligini aytishdi. Oxirida muammo kutilmagan bo'lib chiqdi: ular o'rta arifmetikni hisoblash uchun integer divisiondan foydalangan ekan😂 (lekin bu haqida shartda hech qanday ma'lumot berilmagan). Lekin na natijalar o'zgardi, na bu haqida biror joyda e'lon qilindi.
Xulosa: Agar to'g'ri javobni topa olmasang siqilma, ba'zan savolni tuzganlar ham topa olmagan bo'lishi mumkin.
Post #725
2.4K
- 😁 48
- 👍 7