Bizdagi ko'pchilik adabiyotlarda asabimga tegadigan eng oddiy narsalardan biri shu. "0 natural son emas, sababi natural sonlar sanashda ishlatiladigan sonlar" deyiladi. Aslidayam xuddi shunday. Masalan, savatda 3 ta olma bor deyilganida 3 bu olmalar soni (ya'ni olmalarni sanadik). Endi savatni bo'shatib, savatdagi olmalarni qaytadan sanab ko'ring. "Savatda olma yo'q" degani aslida "savatda 0 ta olma bor" degani. Prosto, "olma yo'q" deyish linguistik norma. Demak, 0 niyam sanashda ishlatsak bo'larkan. Demak 0 ham natural son.
P.S. 0 ta narsadan iborat boshqa narsalar ham bor. Masalan, Windowsni yaxshi ko'radigan Linuxchilar soni, NeoVim ishlatishini maqtanmaydigan developerlar soni, PHPda yozilgan xavfsiz dasturlar soni, ... .
Post #719
2.05K
Engineering Notes Savol: 0 natural sonmi yoki yo'q? Nega?
- 😁 43
- 👍 1