Leetcodedagi "Valid Parentheses" masalasini ko'pchilik ko'rgan va yechgan bo'lsa kerak. Klassik yechimda stackdan foydalaniladi: input string bo'ylab yurib agar belgi "opening bracket" bo'lsa u stackka qo'shiladi; "closing bracket" bo'lsa stackdan belgi pop qilinib hozirgi belgi bilan pair ekani tekshiriladi. Agar birorta pair to'g'ri chiqmasa yoki input string bo'ylab yurib chiqish tugaganidan keyin ham stackda belgilar qolib ketsa parentheses invalid bo'ladi.
Bu yechimni bilishingiz mumkin, lekin u nega to'g'riligini ko'rsatib bera olasizmi? Buning uchun tepadagi yechim:
a) birorta valid inputga invalid deb natija chiqarmasligini;
b) birorta invalid input uchun valid deb natija chiqarmasligini isbotlash kerak bo'ladi.
Isbotingizni commentda qoldirishingiz mumkin.
Post #674
3.14K
- 👍 13