Menga eng yoqadigan teorema(lar) bu Gödelning to'liqsizlik teoremalari. Bu 2 ta teorema o'ta sodda va qo'pol qilib aytganda, sistemaning ichida turib shu sistemaning ishlashini to'liq isbotlab bo'lmasligining "ilmiy isboti". Tepadagi gapni yana bir marta o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Tasavvur qilyapsizmi, matematika bilan hamma narsani isbotlab bo'lmasligining matematik isboti bor (albatta, ozgina "ko'pirtirib" aytganda).
Teoremaga qiziqib qolgan bo'lsangiz uning tarixiga ham qiziqib ko'rishni tavsiya qilaman. Teoremaning asosiy tushunchalarini wikipediadan, original ilmiy ishning inglizchaga tarjimasini mana bu yerdan topishingiz mumkin. Tushuna olmasangiz havotir olmang, siz yolg'iz emassiz ))
Birinchi teoremaning original isboti anchagina murakkab, lekin boshlang'ich to'plamlar nazariyasi va matematik mantiqqa asoslangan qisman alternativ isboti ham bor ekan.
Post #654
1.77K
Engineering Notes Matematika, fizika, va umuman, scienceda siz eng yaxshi ko'radigan formula/teorema qaysiz? O'zimnikini kechroq yozaman ))Wikipedia Gödel's incompleteness theorems Gödel's incompleteness theorems are two theorems of mathematical logic that are concerned with the limits of provability in formal axiomatic theories. These results, published by Kurt Gödel in 1931, are important both in mathematical logic and in the philosophy…
- 🤯 13
- 👍 6
- 👎 1