Yaqinda ICPC yarim finalida tushgan kutilmagan kreativ savol:
Sizga a va b sonlari berilgan (abs(a), abs(b) <= 10 ^ 18). 0 dan 9 gacha raqamlar, "+", "-" va "*" belgilari qatnashgan va uzunligi 1000 ta belgidan oshmagan shunday ifoda tuzing-ki, uni chapdan o'ngga o'qib evaluate qilinganida natija a, o'ngdan chapga o'qib evaluate qilinganida natija b chiqsin. Masalan, a=40 va b = 17 bo'lsa, "33 + 12 - 5" ifoda natijasi chapdan o'ngga o'qilganida a, o'ngdan chapga o'qilganida b chiqadi.
Updated
Post #635
3.68K
- 👍 22