TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #634 4.05K
Engineering Notes Bugun biroz vaqt ajratib telegramdagi o'zbek tilidagi biror texnologiyaga oid communitylardagi savollarga qarab chiqdim. Aksariyat savollarda umuman ma'no yo'q. Savol yozgan odam nima qilayotganini o'zi ham bilmaydi. Aksariyat savollar matni shu darajada didsizlik…
Men o'zimni kuchli dasturchi deb hisoblamayman, lekin tepada aytilgan holatni yaxshilash uchun bir-ikkita o'ta oddiy tavsiyalarim bor.

1. Dasturlash sohasini ilm-fan deb qabul qiling. Dasturlash 6 oylik kursda yodlab, keyin har kuni takrorlaydigan ish emas. Ilm-fan yodlashni emas, tushunishni va fikrlashni talab qiladi. Biz foydalanuvchilar emas, balki yangilik qiluvchi, quruvchilarmiz.

2. Fundamental bilimlarga e'tibor qarating. Djangoni, Reactni yoki Flutterni o'rgangan odam dasturchi bo'lib qolmaydi. Algoritmlar, komputer arxitekturasi, tarmoqlar va hokazolarni o'rganish framework o'rganishdan ko'ra sizga ko'proq narsa beradi. Va albatta, matematika (frontendchi bo'lsangiz ham). Ayniqsa, calculus, linear algebra, discrete math kabi bo'limlardan yaxshi xabardor bo'lmasdan turib yaxshi dasturchi bo'lmoqchi bo'lsangiz chuchvarani xom sanabsiz. Matematika kerak emas deydiganlar uchun bir kinoda murabbiyning bolalarga aytgan gapi bo'lardi: "Agar uyda dadangiz golib yoki mag'lublik hech narsani hal qilmaydi degan bo'lsa unda u mag'lublardan biri".

3. To'g'ri odamga ergashing. Aksariyat holatda har hafta ko'zni qamashtiradigan reklamalarda chiqadigan dasturchilardan ko'ra sohaga ancha oldin kirib, past-balandini ko'rgan, lekin ijtimoiy tarmoqlarda ko'p aktiv bo'lmagan tajribali dasturchilardan ko'p narsani o'rgansangiz bo'ladi. Ustoz Saidolim aka men bilgan shunday tajribali insonlardan biri.

4. Ustozlarni hurmat qiling. Ularning maslahati va vaqti qimmat turadi, shunga yarasha munosabatda bo'ling. Gap faqat vaqt va maslahatda ham emas, umuman, ilmli inson sifatida hurmat qiling. Bo'lmasa kosangiz oqarmaydi ))

5. O'rganish uchun to'g'ri resurs tanlang. Youtubedagi 2 soatlik tutorialdan ko'p narsa o'rgana olmaysiz. Sohaga oid kitoblar, dokumentatsiya, ilmiy maqolalarni o'qing. Yaxshi mutaxassislarning bloglarini kuzatib boring, podcastlarini eshiting. Kitob yoki dokumentatsiya o'qish yoqmayaptimi? Unda haligi zo'r ish, katta maoshdan ham umidni uzavering. Jon kuydirmasang... deyishadi-ku.

6. Ko'proq savol so'rang va javob toping. Chuqurroq kirib ko'rishdan qo'rqmang. "Buyog'i juniorga kerak emas" degan narsa yo'q. Natijada boshida biror narsani o'rganish uchun ko'proq vaqt ketsa-da, keyinchalik bu vaqt keragidan ortiq darajada o'zini oqlaydi.

7. Imkoni bo'lsa universitetda o'qing. Yaxshi universitet hech qaysi kursda olib bo'lmaydigan tajriba va imkoniyatlar beradi.

P.S. Bular sohaga yangi kirganlar o'rasida men eng ko'p ko'rgan xatolarga yechimlar. Aslida, har biri haqida alohida post yozish mumkin.

@boboshersnotes
  • 👍 62
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →