TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #631 2.19K
Alohida holatda bir elementining xususiyatlarini oldindan taxmin qilib bo'lmaydigan millionlab elementlardan iborat sistema kollektiv tarzda ishlaganida juda sodda va oldindan taxmin qilsa bo'ladigan xarakteristika ko'rsatishi bu shunchaki mo'jiza. Biz ehtimollik deb ataydigan xususiyat juda katta sonlar ustida ishlaganida bizga tepadagi holatni tushuntirishi mumkin bo'lgan kam sonli qurollarimizdan biriga aylanadi.

Hech qiziqib ko'rganmisiz, nega issiq narsaning ustiga sovuq narsa qo'ysangiz birozdan keyin ikkalasidagi harorat bir-biriga yaqinlashadi? Issig'idan sovug'iga issiqlik energiyasi o'tadi deysizmi? Unda nega sovug'idan issig'iga o'tmaydi? Xo'p, termodinamik balans sabab. Lekin nega o'zi termodinamik balans saqlanishi kerak? Sovuq obyektdan issiq obyektga issiqlik o'tmasligini nimadir to'sib turadimi?

Javob – yo'q. Umuman olganda, sovuq jismdan issig'iga energiya o'tishi mumkin. Faqat buning ehtimoli shunchalik kam-ki, buni hech qachon ko'rmaymiz. Qanchalik kam? Buni maktabda o'rgatiladigan oddiy binomal koeffitsientlar yordamida hisoblab chiqish mumkin. Natija normal distribution – "bell curve" shaklida bo'ladi, faqat diskret ko'rinishda. Obyektdagi atomlar soni oshgani sari grafigimiz gorizontal torayib, ya'ni "ingichkalashib" boraveradi. Biz kundalik ishlatadigan obyektlarda kamida 10 ^ 22 ta atom borligini hisobga olsak, grafik shu darajada "ingichkalashib" ketadi-ki, bitta vertikal chiziqqa aylanib qoladi. Ya'ni ikkala jismdagi harorat 100% ga juda-juda yaqin ehtimol bilan biz termodinamik balans deb ataydigan nuqtada to'xtaydi.

P.S. Bu bo'yicha kvant fizikasiga aloqador qilib jiddiyroq post yozmoqchi edim, lekin xato ma'lumot berib qo'yishdan qo'rqdim. Hali o'zim ham yaxshi tushunmaydigan narsalar...

@boboshersnotes
  • 👍 14
  • 😁 1
More from @boboshersnotes
  1. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  2. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  3. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  4. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  5. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  6. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →