Ko'pchilik President Tech Award "OpenBudget 2" bo'lib ketgani haqida yozayapti. Ochig'ini aytsam, xuddi shunday bo'lishini kutgandim. Sababi, bizda oddiy aholining katta qismi ovoz berishni hali ham mustaqil tanlov emas, shunchaki kimnidir "podderjka" qilish sifatida qabul qiladi. Do'stini, qarindoshini, ustozini yoki shunchaki biror narsa evaziga. Katta gapirayotgan bo'lsam uzr, lekin menimcha shu ovoz berganlarning katta qismi loyiha qolganlaridan yaxshiroq bo'lgani uchun emas, shunchaki kimdir so'ragani uchun ovoz bergan (ehtimol, qolgan variantlarga umuman qiziqib ham ko'rmagan).
Unda hakamlar g'olibni aniqlashi yaxshiroq variantmi? Balki. Agar hakamlar rostdan ham xolis bo'lsa va sohani yaxshi tushunsa. Sohaga tushunmaydigan qaysidir katta tashkilot rahbarini hakam qilib qo'yish ham foyda bermaydi (yoki "kimgadir" foyda beradi).
Qisqasi, hozircha bu tanlovning men ko'rgan yagona yaxshi tomoni, loyihani ommaga ko'rsatish va ehtimol, yaxshi investor topish imkoniyati. Yutish uchun esa hozircha yaxshi loyihaning o'zi kamlik qiladi.
Post #627
2.81K
- 👍 32