TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.6K subscribers
Post #603 2.37K
Innovatsiyalar

Olamshumul kashfiyotlarni deyarli hamma yoqtiradi. Lekin aslida juda ko'plab bunday katta kashfiyotlar shunchaki muvaffaqqiyatsizlikka uchraydi va bu haqida hech kim gapirmaydi. Undan ham yomoni, katta kashfiyotlar boshqalarga keragidan ortiqcha motivatsiya beradi va natijada shoshqaloqlik va ehtiyotsizlik boshlanib, muvaffaqqiyatsizlik ehtimolini yanada oshiradi.

Masalan, Elon Musk butun boshli 2 ta industriyani butunday yangi darajaga olib chiqdi. Lekin shuning ortidan entrepreneurlar ko'proq risk qilishni boshladi va o'zini hamma sohada aqlli deb hisoblaydigan puldor qatlam paydo bo'ldi. Natijalarni ham ko'rishni boshladik...

Yozda okean tubida halokatga uchragan OceanGate esingizdami? Halokatga asosiy sabab kapsula dizayni va ishlab chiqarishdagi defektlar ekani aytilgan. Eng qizig'i, bunday muammo chiqishi mumkinligini halokatdan oldin ham bilishgan. Lekin uzoq va jiddiy testlar o'tkazilmagan. Masalan, kompozit materiallardagi defektlarni aniqlash uchun odatdagi, uzoq vaqt va resurs oladigan testlar o'rniga qisqa vaqt davom etadigan akkustik (ovoz yordamida) test o'tkazilgan. Akkustik test quloqqa aqlli eshitilsa ham, hali yangi va rivojlanmagan usul ekanini ko'pchilik mutaxassislar aytishgan. Bunga javoban esa (halokatdan keyin) kompaniya "Innovatsiyalarni oddiy g'oyalardek batafsil tekshirishga vaqt va hojat yo'qligi", "rivojlanish uchun doim risk olish kerakligi" ni bildirgan. Hatto Space X, Blue Origin kabi kompaniyalar shunday qilgani eslab o'tilgan. Natija esa hammaga ma'lum. Va bu birinchi va oxirgisi emas...

P.S.1. Ha aytgancha, Chernobil fojeasiga ham shoshqaloqlik, e'tiborsizlik va balandparvoz gaplar sabab bo'lgan.

P.S.2. Men innovatsiyaga qarshi emasman. Shunchaki ehtiyotkorlik tarafdoriman va shoshqaloqlikning "narxi" qimmat turishini eslatib qo'ymoqchiman. Steve Jobs yoki Elon Muskning kitobini o'qiganlarning hammasi ham innovator bo'lib ketayotgani yo'q. Bu bilim, tajriba, vaqt va omad ham talab qiladi. Muhimi shoshilmang, dunyoni 1-2 kun kechroq o'zgartira qoling ))
  • 👍 34
  • 🍾 4
More from @boboshersnotes
  1. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  2. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  3. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  4. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  5. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  6. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →