Assalomu alaykum.
Do'stim, guruhda sizni anchadan beri kuzataman. Umuman olganda, to'xtab qolmayapsiz, har doim harakat qilayapsiz, bu juda yaxshi albatta.
Lekin e'tibor berdingizmi, borgan sari guruhda savollaringizga kamroq javob berishyapti. Negaligini o'ylab ko'rdingizmi?
Gap shundaki, siz faqat bitta manbaaga bog'lanib qolayapsiz. Dasturlashda har kuni o'nlab muammolarga duch kelasiz. Har bitta muammoni guruhdan so'rash esa yaramaydi. Bu birinchidan guruhdagilarga yoqmasa, ikkinchidan bitta manbaaga bog'lanib qolish kelajakda o'zingizga bir dunyo muammolar olib keladi.
Real projectdagi har bir muammoni guruhdan so'ramaysizku, axir.
Googling is a skill.
Siz googleni ishlata olmayapsiz. Siz docsni o'qimayapsiz. Siz stackoverflowdan javob izlamayapsiz. Vaholanki, bu xatoga duch kelgan faqat siz emas va bu savollarning 99% qismiga allaqachon javob topib, taxlab qo'yishgan. Sizning vazifangiz o'sha javoblarni izlab topish.
Yana bir narsa, django(va ko'pchilik boshqa texnologiyalar ham) shu darajada foydalanuvchi uchun qulay yozilganki, xatolik xabarida hammasi yozib qo'yilgan. Ozgina aqlni ishlatib, muammoning asl sababini topish kerak. Xatoliklarni tushunib, analiz qila olish juda muhim. Xatolikning sababini tushunish uning yarmini hal qilishga teng deyishadi. Siz esa hozircha bu narsalarga deyarli e'tibor bermayapsiz.
Umid qilamanki, tepadagilardan xulosa chiqarib, kamchiliklaringiz ustida ishlaysiz.
Mening sizga hech qanday xusumatim yo'q. Maqsadim, faqat yordam berish.
Post #57
432
Forwarded from Bobosher Musurmonov
- 👍 3