Avvallari video darslar kam bo`lgan. Odamlar kitob o`qigan.
Kitob o`qishning foydasi, miyyada o`qiyotgan narsan odam tasavvur qiladi. Miyyada biror strukturaga kelishni boshlidi.
Video darsda esa, shu struktura ko`rsatib beriladi. Va bu struktura muallifning o`zi his qila olgan strukturasi. Sizniki emas.
Masalan, biror kinoni olaylik. U yerda effektlar va qizziq jarayonlar bilan bitta scenariyni ko`tsatishadi. Bittagina yo`l. Shu yo`lni turlicha usullar bilan yoritishadi. Lekin yo`l bitta.
Kitobda shu kinoni o`qib chiqsangiz, siz har bir yo`lni o`ziz qarab chiqasiz. Sizga qulay bo`lgan yo`l bilan yurib, jarayonlardan o`tasi. Bu esa sizning miyyangizda bu narsa shakllanishiga va saqlanishiga yordam beradi.
Oddiy misol. Uyni tasavvur qiling. Shiftida (potolok) nima bor? Eshigini rangi qanaqa?
Endi javob bering, nima uchun eshik tangini qizil demadingiz? Nima uchun shiftda turgan faner bo`yalgan?
Siz hozir tasavvur qilishga hayotdan ko`rgan uyingizdan kelib chiqib fikrladingiz. O`z uyingiz, o`rtog`ingiz uyi, siz qurmoqchi bo`ldan uy. Lekin siz tanimagan Said akani uylarini tasavvur qilmadingiz. Chunki uni uyini ko`rmagansiz-da.
Kitobda agar uyning ichi muhim bo`lmasa, uy deb etib ketiladi va siz o`z uyingizga moslab eslab qolasiz. Qayerdan odam kirdi, shkaf qayerda edi, oson eslab qolasiz. Agar kinoda ko`rsangiz va sizning uyingiz unga mos kelmasa, ertaga esizda ham bo`lmaydi.
Bilim ham shunday. Ilmni o`qishda miyyada shakllantira olsangiz va saqlay olsangiz bilim bo`ladi. 2 + 2 = ? deganda, kimdur cho`plarni o`ylidi, kimdur olmalarda sanaydi, kimdur tosh bilan, kimdur esa pizza bilan sanab 4 deydi.
Masala 2 ning shakli emas, qiymatida.
Shuning uchun kitob o`qish kerak....
Post #563
3.22K
Forwarded from Saidolim Djuraev
- 👍 45