TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.6K subscribers
Post #538 1.1K
Engineering Notes Photo
Mana bu yerda to'g'ri javobni topish uchun Pythondagi ba'zi xususiyatlarni tushuna olish talab qilinadi.

1. Python o'zgaruvchi nomlarini qiymatlarga bog'lash uchun reference ishlatadi. Masalan, a = 4 bo'lsa Python 4 qiymatli obyekt ochib, "a" variableni shu qiymatga bog'laydi.

2. Bir o'zgaruvchidan ikkinchisiga qiymat olinganida (b = a) Python yangi obyekt yaratmaydi, balki yangi o'zgaruvchini ham eskisining qiymatiga bog'lab qo'yadi.

3. Pythonda listlar mutable, ya'ni uning qiymatini dastur davomida o'zgartirish mumkin.

4. del keywordi obyektni xotiradan o'chirmaydi, faqatgina o'zgaruvchidan obyektga bo'lgan referenceni o'chiradi. Obyektni xotiradan o'chirish faqatgina garbage collectorning ishi.

Endi kodni bir boshidan ko'rib chiqamiz.

a = [0, 1, 2]
b = a

a list ochildi, keyin b a dan qiymat oldi. Demak endi a va b bitta listga qarab turibdi.

b.append(3)
print(a)

b o'zgaruvchi qarab turgan listga yangi element qo'shildi. Lekin a va b bitta listga qarab turgani uchun ikkalasi ham endi [0, 1, 2, 3] bo'ldi. Demak birinchi natija [0, 1, 2, 3].

del a
print(b)

Tepada aytilganidek, del bu yerda listni o'chirmayapti, balki shunchaki a o'zgaruvchini listdan "uzib" qo'yayapti. Demak b o'zgaruvchiga zarar yetmagan va ikkinchi natja ham [0, 1, 2, 3].
  • 👍 19
More from @boboshersnotes
  1. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  2. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  3. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  4. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  5. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  6. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →