TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.6K subscribers
Post #519 1.08K
Savol: Savol tug'ilganda AIdan osongina qisqa va lo'nda javob olish odamlarning saviyasini yanada pasaytirmaydimi?

Subyektiv javobim:

Assalamu alaykum, AI bo'yicha mutaxassis emasman, lekin menimcha bu xuddi siz aytgandek shundoq ham yomon vaziyatni battar qiladi.

Menimcha, bunga asosiy sabablardan biri ma'lumot olish va o'rganish orasidagi farq bo'lsa kerak (o'qish vs uqish). Ya'ni o'rganish uchun olgan ma'lumotni analiz qilib, biz shu vaqtgacha biladigan narsalarga bog'lash va "yetmay qolgan" joylarini savol so'rash orqali to'ldirish kerak bo'ladi (odatda miyadagi bilimni graph ko'rinishida abstrakt tasvirlashadi). Shundagini u uzoq vaqtli xotirada qoladi va biz "bilim" deb ataydigan narsaga aylanadi.

Qisqasi, ma'lumotni katta tezlikda va vizual ko'rinishda olishning asosiy kamchiligi, u yerda o'ylash uchun sabab va vaqt kam bo'ladi: shundoq ham vizual bo'lgani uchun tasavvur qilish shart emas va bunga vaqt ham yo'q – yana yangi ma'lumotlar kelayapti. Shunda ma'lumot qisqa vaqt xotirada saqlanib turadi, lekin ma'nosini to'liq tushunmaymiz. (Tavsiya: Video materiallardan o'rganayotganda tez-tez to'xtatib aytilgan qismni analiz qilish va videodagi har bir qism uchun batafsilroq reference materiallardan foydalanish. Ya'ni videodan asosan o'rganish uchun emas, nimani o'rganish kerakligini topish uchun foydalanish.)

Undan tashqari bu usul odatda "open edge" qoldirmaydi, ya'ni biror narsani o'rgangandan keyin davom etishga va ko'proq o'rganishga motivatsiya bo'ladigan savollar tug'ilmaydi. Sabab yana o'sha - savol tug'ilishi uchun analiz qilish kerak, analiz qilishga esa vaqt yo'q. (Aytgancha, hali fokus va dissipliniyaga ta'siri haqida aytmadim)

Lekin bu usullar mashhur bo'lib ketayotgani ham bekor emas. Odatda bizga hozir ko'rinib turgan natija kelajakdagi "side-effect"lardan ko'ra muhimroq. Va yana biz aynan bilim olishga kelganida vaqt tejashga juda ustamiz (entertainment boshqa masala). 1 hafta kitob o'qish yo yarim soat video ko'rish bo'lsa qaysi birini tanlaysiz?. Biznesga esa faqat shu, biz hozir nimani tanlashimiz qiziq. Ma'lumot olishning yanada kompakt formalari chiqaveradi ommaning katta qismi doim shu kompaktroq formani tanlaydi.

P.S. Bu javob orqali video ko'rmang yo ChatGPT ishlatmang demoqchi emasman. Shunchaki ulardan to'g'ri foydalana olish muhimligini eslatmoqchiman.
  • 👍 24
  • 🍾 4
  • 😢 1
More from @boboshersnotes
  1. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  2. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  3. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  4. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  5. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  6. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →