Tanishing, bu qush - kanareyka.
Ko'p insonlar hayotini saqlab qolgan.
1800-yillarda, ko'mir konidagi hidsiz bo'lgan uglerod oksidi oqibatida ko'p insonlar vafot etishgan.
- Aaa, demak kanareyka sezarkanda deb o'ylayapsizmi?
Yo'q, kanareyka ham sezmaydi, darrov o'lib qolarkan - lekin insonlarga nisbatan tezroq. Bu esa odamlar kondan chiqib olishiga imkon beradi.
Rasmdagi qafas ustida kislorod balonini ko'rishingiz mumkin. Bu xushdan ketgan kanareykani hayotga qaytarish uchun ishlatilgan.
Asrlar o'tib, hozirgacha "kanareyka testi" g'oyasi saqlanib qolgan - ayniqsa dasturlashda.
Muhim servislar ishlab turganini, ya'ni "tirikligini" tekshirish uchun "canary test"lar yoziladi va har zamonda yuritib turiladi.
Nihoyatda go'zal.
Post #456
1.26K
