Ilm-fan va mantiq doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Umunan olganda, ilm-fanning asosiy maqsadi ham biz mantiq deb biladigan tushunchalar to'plamini boyitib va aniqlashtirib borish.
Masalan, 1000 yil oldin yer quyosh atrofida aylanadi degan fikr deyarli hech kimning mantig'iga to'g'ri kelmas edi. Bunga sabab o'sha vaqtda olam boshqacha bo'lgani emas, balki bizning olam haqidagi bilganlarimiz hozirgidan ko'ra kamroq bo'lganida.
Demak, bugun eng kuchli olimlar bosh qotirayotgan savollarning javobi ham bir kun kelib hatto bog'cha bolasi ham tabiiy qabul qiladigan haqiqatga aylanishi mumkin.
Qisqasi, keyingi safar umuman mantiqqa to'g'ri kelmaydigan ilmiy g'oyani ko'rganingizda tosh otishga shoshilmang.
@boboshersnotes
Post #445
1.21K
- 👍 30