Ba'zi javoblarga nisbatan qisqacha fikrlarim:
1. Interpreter qatorma-qator o'qib execute qiladi.
Bu fikrga unchalik qo'shilmayman (aytgancha, bu eng keng tarqalgan javob bo'lsa kerak). Agar interpreter kodni qatorma-qator o'qib execute qilganida masalan, 32-qatorda syntax error bo'lsa avval 31 qatorni execute qilib, keyin error chiqarishi kerek edi, aslida esa hali kod execute bo'lmasdan syntax error chiqadi (interactive console boshqa masala).
2. Interpreter o'rtada VM codega o'tkazib oladi.
Bu fikrga ham qo'shila olmayman. Sababi, ko'pchilik compiled languagelar ham VM ishlatadi (masalan Java). Execution uchun VMdan foydalanishga asosiy sabab esa bilishimcha tilni osonroq cross-platform qilish.
Post #433
1.52K
Engineering Notes Savol: Compiled language va interpreted language ishlashi jihatdan bir-biridan qanday farq qiladi? P.S. Bilaman, kanalda ma'lumotdan ko'ra savollar ko'payib ketdi.
- 👍 2
- 👎 1