Funksiya yozishdan maqsad nima?
Dasturlash sohasiga yaqinda kirib kelgan kamida 4 kishidan (har xil o'quv markazlarda o'qishadi/o'qishgan, self-study qilgani ham bor) funksiya yozishdan asosiy maqsad nima deb so'raganimda deyarli birga xil javob oldim – bir kodni qayta-qayta yozish (duplicate code) ning oldini olish uchun.
Umuman olganda, funksiya duplicate code'dan qutulishning yaxshi usuli. Lekin funksiyalardan foydalanishdan asosiy maqsad (va funksiyalar kelib chiqishiga asl sabab ham) funksional dekompozitsiya va abstraksiya.
Oramizda o'quv markazlarida ishlaydiganlar bo'lsa shunga o'xshash fundamental tushunchalarni berishda biroz ehtiyot bo'lishni tavsiya qilaman. Ertaga chiqadigan mutaxassislarning o'sish potensiali ko'proq sizga bog'liq.
Post #421
1.41K
- 👍 21