TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #417 1.68K
Universitetda ancha qiziq o'tgan semestr tugay deb qoldi.
Ayniqsa Nand2Tetris loyihasidan foydalanilgan computer science kursi men uchun qiziq bo'ldi. Basic nand logic gatedan foydalanib qadamma-qadam butun boshli general-purpose (umumiy maqsadli) komputer qurish va o'sha komputer uchun avval assembler, keyin VM, OS va nihoyat yuqori darajali dasturlash tili ishlab chiqish jarayonini ko'rib chiqdik. Albatta juda soddalashtirilgan holatda.

Oxirgi haftada o'sha tildan foydalanib har xil kichkina dasturlar yaratib ko'rdik. Nand2Tetris loyihasida Tetris o'yini yozib ko'rsatilgan. Keyin professor qiziq savol berib qoldi: Bir semestr davomida nand'dan foydalanib Tetris qura oldik. Xo'sh, agar teskarisini, ya'ni Tetrisdan foydalanib nand gate qursakchi?

Umuman olganda, har qanday tabiiy yoki sun'iy olam o'z qonunlari asosida ma'lumot saqlaydi va modifikatsiya qiladi, shu jumladan Tetris o'yini ham. Demak agar bizga kerakli axborot saqlash shakli va modifikatsion operatsiyalarni o'sha olamning qoidalaridan foydalanib yoza olsak, teoritik jihatdan o'sha olamni komputer sifatida ishlata olish imkoniyati tug'iladi.

Bizga Tetris o'yini olamining qoidalari asosida ma'lumotni raqamli ko'rinishda saqlash va shu ma'lumot ustida ba'zi mantiqiy amallarni bajarish imkoniyatini beradigan qoidalar to'plamini berildi. Shu jumladan nand gateni ham tasvirlash imkoni tug'ildi. Qolgani yana o'sha klassik usulda soddaroq komponentlarning kombinatsiyasidan murakkabroq mexanizmlar qurish. Natijada Tetris o'yini olamida ishlaydigan general-purpose computer qura olamiz. Xo'sh, endi unga qanday dastur yozamiz? Albatta Tetris😂

Qisqasi, oddiy komputerda ishlayotgan Tetris o'yinining ichida qurilgan komputerga Tetris o'yinini yozib chiqishibdi. Ko'rib jinni bo'layozdim.
  • 😁 15
  • 👍 4
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →