TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #408 1.68K
Instance method

Instance methodlar (ya'ni aynan obyektga biriktirilgan methodlar) OOPning fundamental g'oyalaridan biri. Aynan ular ma'lumot saqlangan jonsiz strukturani jonli obyektga aylantirishda asosiy omil.

Xo'sh, Java, Python kabi VM instruksiyalarga kompilyatsiya bo'ladigan tillarda method obyektga qanday bog'langan? Axir VM protsedural, u OOP nimaligini bilmaydi-ku?
Ko'plab detallarni tushirib qoldirib, o'ta sodda qaraydigan bo'lsak, instance method xuddi oddiy funksiya kabi ishlaydi. Faqat qo'shimcha yana bitta argument – obyektning o'zini oladi.

Masalan, "mashina" obyektida "signal chal" degan method bo'lsa, compiler methodni obyektga emas, obyektni methodga kiritadi. Ya'ni mashinangizning "signal chal" degan methodini ishlatish uchun "mashina signalini chal" degan funksiyaga mashinangizni argument sifatida berish kerak bo'ladi. Mana bu yerda kod orqali ko'rsatilgan.

Obyektni argument sifatida o'tkazish esa explicit (ochiq) yoki implicit (yopiq) ko'rinishda bo'lishi mumkin. Masalan, Pythonda self argumenti methodga nolinchi argument sifatida ochiq tarzda o'tkazilsa, Java yoki PHPda this argumenti avtomatik tarzda "parda ortida" o'tkaziladi, ya'ni buni siz qilishingiz shart emas.

Oxirgi muammo qoldi – static methodlarni instance methodlardan farqlash. Sababi obyekt faqat instance methodlarga o'tishi kerak. Buning uchun ko'plab tillar static keywordini ishlatsa, Python @staticmethod dekoratorini ishlatadi.

@boboshersnotes
Telegram Engineering Notes Meme explained
  • 👍 15
  • 🍾 2
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →