O'tgan hafta ishda va mocklarni qo'shib hisoblaganda 5 ta interview o'tkazdim. Barchasi backend yo'nalishida, middle daraja uchun.
Deyarli barchada bir umumiy muammo kuzatdim. Dasturlashdagi g'oya, muammoga yondoshuv o'ta texnik. Ayniqsa OOP va umuman, paradigmlar borasida bu ancha sezildi. OOP haqidagi deyarli barcha savollarga o'ta texnik javoblar oldim. Implementatsiya bor, g'oya yo'q. Xuddiki tana bor, lekin unda jon yo'q.
Nimadir xato. Yoki men bu mavzularda ancha injiqman yoki boshqa muammo bor.
Post #400
1.57K
- 😁 16
- 👍 4