TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #375 1.53K

Forwarded from Engineering Notes

Isolation – izolyatsiya

Hali tugallanmagan trakzaksiyadagi ma'lumotlar tashqaridan (boshqa tranzaksiyalardan va tranzaksiya tashqarisidagi boshqa operatsiyalardan) izolyatsiyalanishi kerak. Ya'ni tranzaksiya tugamagunicha ichkaridagi ma'lumot tashqariga ko'rinmasligi kerak.

Masalan, tepadagi misolda hisobingizdan pul yechildi, lekin hali do'stingizga tushmadi. Shu vaziyatda, hali tranzaksiya tugamasidan balansingiz tekshirilganida kamaygan qiymat emas, tranzaksiyadan tashqaridagi, oldingi qiymat ko'rinishi kerak.

To'liq izolyatsiya ko'p resurs va vaqt talab qilgani uchun va doim ham to'liq izolyatsiya zarur bo'lmagani uchun tranzaksiya izolyatsiyasining 4 ta standart darajalari bor. Ular tezlik, resurslar sarfi va xavfsizligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Endi bu boshqa kun uchun boshqa mavzu.

Durability – ishonchlilik

Tranzaksiya muvaffaqiyatli yakunlangani haqida xabar berilganida tranzaksiyadagi o'zgarishlar to'liq diskda saqlangan bo'lishi va ma'lumot yo'qotilmasligi kerak.

Masalan, do'stingizga muvaffaqiyatli pul o'tkazganingiz haqidagi xabar olganingiz va shu vaqtda serverda xatolik chiqib, o'chib qoldi. Qayta yoqilgandan keyin balansingizni tekshirganingizda esa pul o'tkazishdan oldingi, eski qiymatni ko'rdingiz. Demak, tranzaksiya muvaffaqiyatli deb belgilangan bo'lsa ham natijalar o'chib ketgan. Xuddi shu holat esa durability qoidasini buzadi.

Qisqasi, mana shu 4 ta qoida ma'lumotlar buzilishi bilan bog'liq ko'p bosh og'rig'idan saqlaydi.

Maqola foydali bo'lgan bo'lsa tanishlarga yuborib qo'ying.

@boboshersnotes
  • 👍 22
  • 🍾 1
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →