TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #364 3.36K
Hozir ham dasturchi sifatida algoritmlarni o'rganish muhimmi?

Mening fikrimcha juda muhim. Albatta, algoritmlarni yaxshi o'rganmasdan turib ham dasturchi bo'lish mumkin. Hozirgi kundagi dasturga va dasturlashga bo'lgan zamonaviy yondoshuvlar (ayniqsa OOP) ko'pchilikda algoritmlar keraksiz narsa degan tushunchani uyg'otishgacha bordi.

Keling, sizga bir haqiqatni aytaman: siz va biz OOP bilan erkin ishlay olishimiz uchun ham ancha-muncha algoritmlar o'ylab topilib, implement qilingan. OOP esa biz – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan juda chiroyli abstraksiya. Shunchalik chiroyli-ki, ko'pchilik OOPning o'zini dasturlashdagi elementar, atomic tushuncha deb o'ylashni boshladi. Komputerlar esa haliyam objectlar bilan emas, instruksiyalar ketma-ketligi bilan ishlaydi.

Siz bilan biz kundalik dasturlashda duch keladigan business-related (ya'ni to'g'ridan-to'g'ri loyihaning biznes tomoni bilan bog'liq) muammolar texnologik tomondan allaqachon hal qilib qo'yilgani uchungina algoritmlar bizga kundalik ishimizda kerak bo'lmayapti. O'zingiz o'ylab ko'ring, siz ishingizda foydalanadigan til, tarmoq, protokollar, tayyor software toollar (OS, database, proxy, MQ, ...) va hokazolar hammasi texnologik muammolarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan va biz uchun abstraktlashib ulgurdi. Biz esa deyarli hech qanday murakkab texnologik muammoni hal qilmayapmiz.

Muammo shundaki, atrofimizdaki ko'pchilik dasturchilar asosan biznes muammolarni hal qiladi (oxirgi marta ishingizda qachon yangi protokol ishlab chiqishga ehtiyoj tug'ilgan?). Lekin hozir ham minglab dasturchilar sohadagi muhim texnologik muammolarni hal qilish ustida ishlayapti va bir-ikki yildan keyin biz ularning natijasidan shunchaki tekinga foydalanamiz.

Dasturlashdagi texnologik, ya'ni dasturlash sohasining o'zi bilan bog'liq muammolar doim algoritmlarga muhtoj bo'lgan va shunday bo'ladi. Siz saytingizni yaratish uchun qo'lda algoritm yozmayotgan bo'lsangiz bu algoritmlar kerak emas degani emas.

Xo'sh, algoritmlar qanchalik kerak? Bu ko'proq sizga bog'liq deb o'ylayman. Siz dasturchi sifatida nima ish qilasiz? Texnologik muammolarni yechasizmi yoki biznesdagi muammolarnimi?

@boboshersnotes
  • 👍 24
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →