TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #338 1.47K
PHP yomon tilmi?

Yo'q, PHP yomon til emas, shunchaki 90-yillardagi internetga aynan shunday til kerak bo'lgan. U vaqtda web serverlar hozirgidek o'nlab komponentlardan tashkil topmagan. Shunchaki static content serve qilinib, bu content foydalanuvchining browserida render qilingan. PHP esa shu holatda minimal o'zgarishlar bilan server-side processing imkoniyatini yaratdi va bu internetni "next level"ga olib chiqdi.

Xo'sh, o'sha vaqtda ham static content serverdan alohida ishlaydigan til ishlab chiqsa bo'lardiku deyishingiz mumkin. Albatta bo'lardi, lekin PHP internetni o'zgartirib yuborish uchun emas, shunchaki shaxsiy websaytga qo'shimcha imkoniyat qo'shish g'oyasi bilan ishlab chiqilgan til. Rasmus aka shunchaki o'sha vaqtdagi toollardan foydalanib o'zi uchun kichkina til ishlab chiqmoqchi edi. Natija esa o'sha afsonaviy PHP bo'ldi.

P.S. Sizlarga yana bir sirni ochaman: PHPning kengaytmasi aslida Hypertext Preprocessor emas, Personal Home Page'dan kelib chiqqan.
  • 👍 28
  • 😁 12
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →